Hansi Flik Karim Adeyemi va darvozabonlar haqidagi savollarga javob berdi
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 6

Hansi Flik Karim Adeyemi va darvozabonlar haqidagi savollarga javob berdi

❓Ko'pchilik Karim Adeyemining o'yinidan hayratda. Hozirgina ushbu futbolchini kashf etayotgan «Barsa» muxlislariga nima degan bo'lardingiz?

🗣 Xansi Flik: «Bugun buni yaqqol ko'rish mumkin edi. Uning o'sish uchun hali katta salohiyati bor va u buni amalga oshirmoqda. Jumladan, bizning o'yin konsepsiyamizga, qanday o'ynashni xohlayotganimizga, falsafamizga moslashish borasida ham. Ammo u bizga juda katta foyda keltirmoqda. Buni bugun ko'rishdi. Uch-to'rt epizod — va barcha kules uni qo'llab-quvvatlamoqda. Men u uchun xursandman, chunki u uchun bu... Germaniyada u uchun oson bo'lmagan davr bo'ldi. Men ko'rayotgan narsalarim menga yoqadi. Boshqalar uni juda quvnoq deb ta'riflagan bo'lardi. O'ylaymanki, u boshqa o'yinchilar bilan yaxshi chiqishib ketadi, ular uni yaxshi ko'rishadi. U yaxshi yigit va maydonda bor kuchini yuz foiz sarflaydi, bu muhim. Ha, aytganimdek, u hali yaxshilanishi mumkin, biz bu ustida ishlaymiz. Ammo uning tezligi shunchaki hayratlanarli. Laminning golidagi vaziyat... bu aql bovar qilmas edi».

❓Bugungi o'yindan keyin Shensni ikkinchi darvozabon bo'ladimi yoki Livakovichni darvozaga qo'yasizmi?

🗣 Xansi Flik: «Biz qaror qabul qilib bo'ldik. Tek — bizning ikkinchi darvozabonimiz va avval aytganimdek: hamma xato qiladi va bu sodir bo'ladi. O'ylaymanki, u birinchi kontaktdayoq muammosi borligini tushunib yetdi, lekin nima ham qila olardik... Biz yana bitta gol o'tkazib yubordik, bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak edi. Ammo birinchi gol ham ortiqcha edi, lekin shunday bo'lib turadi. Biz keyingi o'yinni kutyapmiz, lekin o'zimizga bo'lgan ishonch bilan, to'p bilan namoyish etayotgan ishonch bilan... Buni ko'rish yoqimli. Hamma xato qiladi, biz — jamoamiz. Kamroq xato qilish uchun bu ustida ishlashimiz kerak. Men buni har doim sizga, jamoaga aytaman. Gap konsentratsiya haqida ketyapti. Maydondagi har bir lahzada yuz foiz: bu sening ishing va uni bajarishing kerak».

❓Jamoani gollar va shiddatdan tashqari yana nima o'zgacha qiladi?

🗣 Xansi Flik: «O'ylaymanki, bizning futbol o'ynash konsepsiyamiz ajoyib. O'yinchilar ajoyib, sifat ham. Stadiondagi barcha, barcha futbol ishqibozlari bunga qo'shilishadi. Hozir nechta o'yinimiz bor? Yetti... Ha, lekin ulardan oltitasi La Ligada. Bu birinchi qadam va oldinda uzoq yo'l borligini bilamiz. Men buni har safar takrorlashim mumkin, chunki bu haqiqat. Hozir biz oxirida nima bo'lishi haqida emas, faqat keyingi o'yin haqida o'ylayapmiz. Natijadan va bu o'yindan xursandmiz, lekin undan ortig'i emas. Ertaga yangi kun kelishini bilamiz va keyingi o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz».

🔚 Matbuot anjumani yakunlandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!