Hansi Flik: "Kunde ertangi bahsda qatnasha olmaydi, Olmo esa bir oyga safdan chiqdi"
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 29

Hansi Flik: "Kunde ertangi bahsda qatnasha olmaydi, Olmo esa bir oyga safdan chiqdi"

Bugun Kunde mashg'ulotlarda qatnashmadi, shu bois u ertangi bahsda maydonga tusha olmaydi.

Dani Olmo esa bir oyga safdan chiqdi. Siz u bilan gaplashdingizmi? Olmo o'zini qanday his qilyapti va uning yo'qligi yaqin bir oy ichida jamoaga qanday ta'sir qiladi?

🗣 Xansi Flik: "Ha. Biz hech qanday tavakkalchilikka qo'l urmoqchi emasmiz. Bilaman, hozir bunday vaziyat uchun eng qulay palla emas, lekin biz bunga ko'nikishimiz kerak. Dani haqida gapiradigan bo'lsam, u so'nggi vaqtlarda, jumladan jismoniy holati bo'yicha ham juda yaxshi formada edi, o'tgan mavsumda esa ajoyib o'yin ko'rsatgandi. Yakunda uning jarohat olishiga olib kelgan holatlar biroz omadsiz chiqdi. Biz bunga ko'nikishimiz kerak. Albatta, u bundan norozi, chunki endi ko'plab o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Biz uchun ham bu murakkab vaziyat, chunki Fermin va Dani bu pozitsiyada katta salohiyatga ega. Shu bois bizga uning yo'qligi bilinadi".

So'nggi o'yinlarda o'tkazib yuborilgan gollarning bir qismi standart vaziyatlardan keyin yuz berdi. Bu "Real" juda kuchli bo'lgan jihatlardan biri. Ular burchak zarbalaridan raqib darvozasi oldida xavf yaratishda samarali foydalana oladigan jamoa. Bu ertangi o'yinning muhim jihatlaridan biri bo'ladi deb hisoblaysizmi? Chempionlar ligasidagi uchrashuvdan keyin mashg'ulotlarda bunga ko'proq e'tibor qaratishga muvaffaq bo'ldingizmi?

🗣 Xansi Flik: "Biz standart vaziyatlar ularning kuchli tomonlaridan biri ekanligini bilamiz, Arda Guler esa bu borada eng yaxshilaridan biri. Albatta, ularda jismonan juda kuchli bo'lgan yuqori saviyali futbolchilar ham bor. Biz buni bugun muhokama qildik va mashg'ulotlarda ustida ishladik. Bunday vaziyatlarda biz Parijdagiga qaraganda ancha yaxshiroq himoyalanishimiz kerak. Aynan shu narsa ustida bugun ishladik va ertaga natijani ko'rsatamiz deb umid qilaman".

Dastlab Rodri "Barselona" rejalarida yo'q edi, biroq keyinroq bozorda mos imkoniyat paydo bo'ldi. Rodri "Real"ga o'tishi mumkindek tuyulgandi, biroq yakunda u "Barselona" bilan shartnoma imzoladi va asosiy tarkibdan kafolatlangan o'rin olgan futbolchilardan biriga aylandi. Rodrini xarid qilib, "Barselona" "Real"dan nimani tortib oldi va uning hozirgi o'yinlarini qanday baholaysiz?

🗣 Xansi Flik: "Biz doimo o'zimizga e'tibor qaratamiz va ma'lum bir futbolchi "Barselona"ga qanday ta'sir ko'rsatishi mumkinligini tahlil qilamiz. O'ylaymanki, Rodrini imzolash imkoniyati paydo bo'lganda, klubdagi barcha u bizga juda katta yordam berishiga va keyingi qadamni tashlashimizga imkon beradigan element bo'la olishiga yuz foiz amin edi. O'ylaymanki, bu mavsumning ilk o'yinlarida uning jamoaga va butun klubga qanchalik katta ta'sir o'tkazayotganini ko'ra oldingiz. U biz bilan ekanligidan juda xursandman. Pedri bilan birgalikda u markazda bizga eng yuqori darajadagi o'yinni ta'minlab beryapti. Aynan shuning uchun u shu yerda va o'ylaymanki, barcha bundan mamnun".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!