Hansi Flik: «Lamin Yamal har kuni o'z ustida ishlaydi»
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 13

Hansi Flik: «Lamin Yamal har kuni o'z ustida ishlaydi»

❓Laminning xarakteri bilan har kuni qanday ishlashga muvaffaq bo'lasiz? Uning xarakteri «Barsa»ning oltinchi Chempionlar ligasini qo'lga kiritishida kalit deb hisoblaysizmi?

🗣 Xansi Flik: «Lamin — o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi. Bu fantastik o'yinchi, u ulkan iqtidorga ega va har kuni o'z ustida ishlashga intiladi. Men unda mas'uliyat hissini ko'ryapman. Shuningdek, u sardorlardan biri. Men uchun eng muhimi — u har kuni futboldan zavq olayotganidir».

❓O'tgan yili Entoni Gordon 45 ta o'yinda 5 ta assist qayd etgandi, bu mavsumda esa 4 ta o'yinda 4 ta assist. Uning moslashuvini qanday baholaysiz?

🗣 Xansi Flik: «U kabi hujumchi gol urishni xohlaydi. Uning vaziyatlari bo'ladi, lekin u ulardan foydalana olmayapti. Biroq, assistlar ham juda muhim. U gollar uradi, bu borada xavotirda emasman. U ham hujumda, ham himoyada yaxshi harakat qilyapti. Bu ham u uchun, ham biz uchun juda yaxshi holat».

❓«Barsa»ning Chempionlar ligasidagi o'yin uslubi o'zgarishi mumkin deb hisoblaysizmi?

🗣 Xansi Flik: «Biz har doim o'yin uslubimizni raqibga moslashtiramiz. Unchalik katta emas, lekin kerak bo'lganda buni qilamiz. Bizning o'z uslubimiz, qanday futbol o'ynash bo'yicha o'z konsepsiyamiz bor va u avvalgi yillarda juda samarali bo'lgan. Rostdan ham, o'tgan yili «Atletiko»ga qarshi o'yinda biroz qiyinchiliklarga duch kelgandik, lekin bunday holatlar bo'lib turadi. Muhim pallalarda o'yinchilar bor kuchini berishi kerak. Hozircha oxirgi to'rtta o'yinda ko'rganlarimdan mamnunman. Endi biz har bir navbatdagi o'yinda xuddi shunday harakat qilishimiz kerak».

❓Jessi Bisivuga nisbatan rejalar qanday va u ertangi o'yin qaydnomasiga kirishi mumkinmi?

🗣 Xansi Flik: «U ertangi o'yin qaydnomasida bo'lmaydi, lekin u bilan hammasi joyida. U biz bilan mashg'ulot o'tkazadi va «Barsa Atletik» safida o'ynaydi. Reja shunday edi. Men uning ham hujumda, ham himoyada qanchalik ulkan salohiyatga ega ekanligini ko'ryapman. Kelajakda u biz bilan o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi».

❓«Oltin to'p» haqida ko'p gapirishmoqda. Jamoada uni qo'lga kirita oladigan futbolchi bor deb o'ylaysizmi?

🗣 Xansi Flik: «Bizda ko'plab fantastik futbolchilar bor va agar ulardan biri «Oltin to'p»ni qo'lga kiritsa, bundan xursand bo'laman. Biroq, bu mening vazifalarimga kirmaydi. Men jamoada kundalik mehnati, mentaliteti va kayfiyati tufayli uni yuta oladigan bir nechta futbolchini ko'ryapman».

❓Frenki de Yongning ahvoli qanday? Uni hamon muhim o'yinchi deb hisoblaysizmi?

🗣 Xansi Flik: «U ulkan salohiyatga ega. Jarohatdan so'ng u qaytishi va qattiq ishlashi kerak, u hozir shuni qilyapti. Hammasi biz kutganimizdek ketyapti. Biz uni bir necha haftadan so'ng ko'ramiz va terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan keyin ahvoli qandayligini tushunamiz. Bunga kunma-kun yondashish muhim. Bugun ertalab u bilan gaplashdim, hammasi joyida va ishlar to'g'ri yo'nalishda ketyapti».

🔚 Flik matbuot anjumani yakunlandi.

❤️

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!