Hansi Flik matbuot anjumanida Gordon, Kunde va Farinyas haqida gapirdi
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 23

Hansi Flik matbuot anjumanida Gordon, Kunde va Farinyas haqida gapirdi

❓Gordon yaqinda driblingda biroz xudbinroq bo'lishi va zarba berish imkoniyatlarini ko'proq izlashi kerakligini aytdi. Siz ham undan shuni kutyapsizmi?

🗣 Xansi Flik: «Men uchun u to'p bilan qanday muomalada bo'lishi ham muhim. U to'pni ushlab tura oladi, nazoratga e'tibor beradi va oddiy xatolarga yo'l qo'ymaydi. Biroq, o'ylaymanki, maydonning so'nggi uchdan bir qismida u biroz xudbinroq bo'lishi mumkin edi, ayniqsa birga-bir vaziyatlarda. Shu bilan birga, so'nggi o'yinlarda u o'zini juda yaxshi ko'rsatdi deb hisoblayman. U o'z darajasini oshirmoqda, jamoaga tobora ko'proq foyda keltirmoqda va men bundan mamnunman».

❓Kunde bilan nima bo'ldi? Jarohatlangan futbolchilar orasida aynan u eng tez safga qaytishi kutilgandi, ammo yakunda bunday bo'lmadi. Uning tiklanish jarayoni qanday kechmoqda va qachon u yana safda bo'lishini taxmin qilyapsiz?

🗣 Xansi Flik: «Ha, biz ham u ertaroq qaytishiga umid qilgandik, ammo yakunda ehtiyotkor bo'lishimiz kerak. Uning tiklanishi qanday ketayotganini har kuni kuzatib borishimiz lozim. Biz aynan shuni qilyapmiz va butun jarayon biz o'ylaganimizdan biroz ko'proq vaqt talab qilyapti. Umid qilamanki, u tanaffusdan keyin qaytadi. Biroq hozirgi vaqtda u safda emas».

❓Farinyas «Metropolitano»dagi shunchalik qiyin o'yinga tayyor deb hisoblaysizmi? Uning o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasiga o'tish jarayoni qanday kechdi — ya'ni o'zi ham tan olganidek, ilgari hech qachon o'ynamagan pozitsiyada?

🗣 Xansi Flik: «Men u bu pozitsiyada ilgari hech qachon o'ynamaganini bilaman, lekin u ham jismoniy, ham texnik jihatdan juda yaxshi futbolchi. Va men yana bir bor La Masia'ga minnatdorchilik bildirmoqchiman. U yerda futbolchilarni qanday tayyorlashlari hayratlanarli. Uning mentaliteti va kayfiyati ham eng yuqori darajada deb hisoblayman. Albatta, o'z qanotida, Lamin bilan birgalikda u ajoyib ishlamoqda. Uning bunday darajada o'ynashga tayyorligi ko'rinib turibdi. Chempionlar ligasida «Aston Villa»ga qarshi o'yinda ham u o'zini fantastik, eng yuqori darajada ko'rsatdi. Shuning uchun, agar biz uni asosiy tarkibda maydonga tushirishga qaror qilsak, u yakshanba kungi o'yinga ham tayyor».

❓Diego Simeone Xulian Alvares o'zini juda yaxshi ko'rsatayotganini aytdi. Sizningcha, bu masala yopilganmi yoki kelajakda «Barselona» uni sotib olishga yana qiziqish bildirishi mumkinmi?

🗣 Xansi Flik: «Yo'q, unday deb o'ylamayman. Men boshqa klublarda o'ynaydigan futbolchilar haqida gapirmayman. Men o'z futbolchilarimga e'tibor qaratganman va hozir jamoamda bo'layotgan voqealardan juda mamnunman. Hujumda bizda imkoniyatlar ko'p, haqiqatan ham variantlar ko'p, bu esa hozirgi vaziyatda bizga juda yordam bermoqda. Boshqa qo'shimcha gapim yo'q».

🔚 Flikning matbuot anjumani yakunlandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!