Hansi Flik: «Atletiko»ga qarshi o'yin biz uchun muhim»
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 27

Hansi Flik: «Atletiko»ga qarshi o'yin biz uchun muhim»

❓Frenki de Yong va Mark Bernalning markaziy yarim himoyadagi farqlari nimada, ayniqsa «Metropolitano»da «Atletiko»ga qarshi o'yin kontekstida? O'tgan mavsum bu raqib siz uchun juda murakkab bo'lgan va ikki turnirdan chiqarib yuborgandi. Bu o'yinchilarning Pedri bilan birga o'ynash nuqtai nazaridan farqi nimada?

🗣 Xansi Flik: «Avvalo, men Frenki boshqa pozitsiyalarda ham o'ynay oladi deb hisoblayman. U faqat tayanch yarim himoyachi roli bilan cheklanib qolmaydi. Men bunga shunday qarayman. Ikkalasi ham bir-biriga o'xshash. Frenkida tajriba ko'proq bo'lishi mumkin, ammo ikkalasi ham to'p bilan juda ishonchli harakat qiladi va o'z qilayotgan ishiga ishonchi komil. Bu bizning o'yin uslubimizga juda mos keladi.

Bernal to'psiz o'yinda o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. U qaysi zonalarda bo'lishi kerakligini juda yaxshi biladi. Aytganimdek, men undan juda mamnunman, shuningdek, Frenki safga qaytganidan ham xursandman. Mashg'ulotlarda biz u 100 foiz tayyor ekanini ko'ryapmiz. Biz mos boshlang'ich tarkibni tanlab olishimiz kerak. Aynan shu haqda hozir muhokama qilyapmiz va ehtimol, qarorni keyinroq yoki ertaga qabul qilamiz. Bizda hali vaqt yetarli».

❓«Atletiko» siz «Barselona» bosh murabbiyi bo'lganingizdan beri eng ko'p muammo tug'dirgan jamoa deb ayta olamizmi? Kubok bahslarida «Atletiko» sizdan ustun kelgan, La Ligada esa «Barselona» o'zaro o'yinlarda yaxshiroq natija ko'rsatganini qanday izohlaysiz? Ko'rinishidan, bu tasodif emas.

🗣 Xansi Flik: «Bu allaqachon o'tmishda qoldi. Men uchun buning ahamiyati yo'q. Muhimi, ertaga nima bo'lishi. Biz ajoyib jamoaga qarshi o'ynashimizni bilamiz, bu haqda avval ham aytganman. Shuningdek, biz g'alaba qozonishni istashimizni va turnir jadvalida yetakchi sifatida tanaffusga chiqish uchun g'alaba qozonishimiz shartligini bilamiz. Bu bizning maqsadimiz. Aynan shuning uchun biz bunchalik qattiq mehnat qilyapmiz. Ertaga kuchimiz va mahoratimizni namoyish etish ham muhim. Muhimi shu».

❓Bu hafta Rafinya «Barselona» bilan shartnomani uzaytirdi. Bu qarorni qanday baholaysiz? Bunday qarorlarni qabul qilishda sport rahbariyati sizning fikringizni ham hisobga oladimi?

🗣 Xansi Flik: «O'ylaymizki, bu yerda hech qanday shubha yo'q. Bu ham klub, ham Rafinya uchun eng yaxshi qaror. Men buni juda qadrlayman, chunki u fantastik futbolchi, jahon darajasidagi o'yinchi va yana bizning sardorimiz. Bu klub kelajagi uchun juda muhim».

❓Yozda «Barselona» Alvares bo'yicha taklif bilan chiqqandi, ammo yakunda muzokaralar amalga oshmadi. Bu jarayonni qanday qabul qildingiz? Rafinyaning hozirgi formasi, ya'ni 19 ta gol urganini hisobga olsak, «Barselona» bundan yutdi deb hisoblaysizmi?

🗣 Xansi Flik: «Mening nazarimda, Xulian Alvares — fantastik futbolchi, ammo u «Atletiko»da o'ynaydi va men o'z jamoamga e'tibor qaratishim kerak».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!