Hansi Flik yarim himoyada Rodri va Mark Bernal bog'lamini tajriba qilib ko'rmoqda. Bu haqda SPORT nashri xabar bermoqda.
SPORT xabariga ko'ra, Xansi Flik yarim himoyada Rodri va Mark Bernal bog'lamini tajriba qilib ko'rmoqda.
So'nggi uchta o'yinda ular birgalikda 48 daqiqa harakat qilishdi: Rodri tayanch yarim himoyachi vazifasini bajargan bo'lsa, Bernal biroz oldinroq joylashdi.
Flikning fikricha, bunday bog'lama Bernalning rivojlanishiga yordam beradi va «Barselona»ga maydon markazida nazoratni kuchaytirish imkonini beradi.
Mark Bernal "Barselona" bilan 2031-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga rozi bo'ldi. Kelishuv kelasi hafta imzolanadi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Mark Bernal "Barselona" bilan 2031-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga rozi bo'ldi.
Kelishuv futbolchining agentlari va Deku o'rtasida amalga oshirildi. Shartnoma kelasi hafta imzolanadi. Yarim himoyachining maoshi oshiriladi.
Rodri «Barselona»ga o'tishi, Xans-Diter Flik bilan ishlash va jamoaga moslashish jarayoni haqida gapirib berdi.
🎤 Rodri — «Barselona»ga o'tishi haqida:
Nima uchun boshqa klubni emas, aynan «Barselona»ni tanladingiz?
«Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Bu faoliyatimdagi muhim sahifaning boshlanishi. Qaror qabul qilish oson bo'lmadi, birinchi navbatda, menga hamma narsani bergan va o'zimni baxtli his qilgan «Manchester Siti»ni tark etayotganim uchun. Men ulardan doimo minnatdor bo'laman.
Boshqa takliflar ham bor edi, ammo «Barselona» boshidanoq birinchi tanlovim bo'ldi va buni Joan Laportaga ham bildirgan edim. Bu futbolga bo'lgan qarashi va qadriyatlari bilan dunyo miqyosidagi buyuk klub».
Operatsiyadan keyingi holat va debyut haqida:
«O'ynashga tayyorman. Operatsiya kichik edi. Umid qilamanki, ertaga jamoa bilan to'liq mashg'ulot o'tkaza olaman. Qolgani murabbiyning qaroriga bog'liq. Xans-Diter Flik ixtiyorida imkon qadar tezroq bo'lishni istayman».
Flik bilan ilk suhbat haqida:
«Xansi menga o'z ishtiyoqini ko'rsatdi. Uning jasur o'yin konsepsiyasi menga juda yoqadi va uning qo'l ostida ishlash imkoniyati juda motivatsiya beradi.
U ochiqko'ngil murabbiy va nima kutayotganini to'g'ridan-to'g'ri aytadi. Xususan, jamoaga tajribali futbolchi kerak edi. Men o'z kayfiyatimni sheriklarimga uzatishim va jamoaga yordam berishim kerak».
«Barselona» futbolchilari terma jamoa yig'inida sizni klubga o'tishga ko'ndirishganmi?
«Yo'q. O'shanda biz faqat jahon chempionatidagi g'alabaga e'tibor qaratgan edik. Bunday paytlarda klublar yo'q — faqat terma jamoa bor. O'yin uslubi bo'yicha hazillar bo'lgan, ammo qolgan hamma narsa keyinroq sodir bo'ldi».
Serxio Buskets bilan taqqoslash haqida:
«Buskets men uchun doimo katta namuna bo'lgan. Pozitsiyamiz va o'yin uslubimiz o'xshashligi sababli bu taqqoslashlarni tushunaman. Serxio bilan solishtirishlari men uchun katta sharaf.
Men doimo unga qoyil qolganman va terma jamoada undan ko'p narsalarni o'rganishga harakat qilganman. U ajoyib do'st, hamkasb va o'rnak bo'ladigan inson».
Xulian Alvaresning ehtimoliy transferi haqida:
«Boshqa klub futbolchilari haqida ehtiyotkorlik bilan gapirishga harakat qilaman. «Atletiko Madrid»ni juda hurmat qilaman, Xulian esa ularning futbolchisi.
Shubhasiz, u ajoyib futbolchi va eng yaxshi hujumchilardan biri. Ammo men tarkibimizdan mamnunman, uni kuchaytirish bilan esa Deku va rahbariyat shug'ullanadi».
Mark Bernalga ustozlik qilasizmi?
«Albatta. Men bu yerga 30 yoshda katta tajriba bilan kelyapman va nafaqat o'yinim, balki yosh sheriklarimga uzata oladigan bilimlarim bilan ham foyda keltirmoqchiman.
Mark ta'sirli darajada o'smoqda. U jiddiy jarohatdan keyin ajoyib tarzda tiklandi. Unga qo'limdan kelgancha yordam berishga umid qilaman. O'ylaymanki, yonimda u o'sishda davom eta oladi».
«Barselona» Mark Bernal bilan shartnoma shartlarini yaxshilash bo'yicha muzokaralarga kirishmoqchi. Futbolchi klub kelajagi uchun muhim o'yinchi hisoblanadi.
Samuel Marsden va Moy Lorens (🌖) xabariga ko'ra, «Barselona» yaqin kunlarda Mark Bernal bilan shartnoma shartlarini yaxshilash masalasini muhokama qilish uchun uchrashuv rejalashtirgan.
2025-yil sentyabrida Bernal shartnomasini 2030-yilning iyuniga qadar uzaytirgan edi, unda tovon puli 500 million yevro etib belgilangan. O'tgan mavsumda Bernalga ushbu kelishuv shartlarini qayta ko'rib chiqish va'da qilingan.
Rodrining kutilayotgan transferiga qaramay, «Barsa» hamon Bernalni klub kelajagi uchun muhim o'yinchi deb hisoblaydi va shartnoma shartlarini yaxshilash orqali buni isbotlamoqchi. Deku uchrashuv davomida Rodrining kelishi bilan bog'liq o'yinchida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan kelajagiga oid har qanday shubhalarni yo'qotish niyatida.
Manbalarning ta'kidlashicha, Bernal ham klub bilan shartnoma shartlarini yaxshilashdan manfaatdor. Angliya, Germaniya va Italiyaning bir nechta klublari uning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
«Aston Villa» «Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernalni o'z safiga qo'shib olmoqchi, biroq kataloniyaliklar futbolchini sotish niyatida emas.
⚽️ Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Aston Villa» «Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal uchun taklif tayyorlamoqda, biroq kataloniyaliklar futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas.
Angliyadan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Unai Emeri Bernalni «Aston Villa»ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylantirgan va ingliz klubi futbolchi uchun taxminan 35 million yevro taklif qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Mark Bernal «Barselona»dagi kelajagi, Hansi Flikning taktikasi va Chempionlar ligasidagi maqsadlari haqida gapirdi.
Mark Bernal Hansi Flikning taktikasi va o'z kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
Mark Bernal: «Yo'q. Biz avvalgi yo'nalishda davom etamiz va oxir-oqibat, so'nggi yillardagi o'yin uslubimizni saqlab qolishga harakat qilamiz. O'tgan mavsumda unchalik o'xshamagan jihatlarni yaxshilashga urinib ko'ramiz. Biz murabbiyning g'oyalarini to'liq qo'llab-quvvatlaymiz».
«Manchester Siti» va «Atletiko»ning qiziqishi haqidagi xabarlarga to'xtalar ekan, futbolchi shunday dedi:
Mark Bernal: «Ha, bu xabarlarni ko'rdim, lekin ularga ahamiyat bermayapman. Hozir yig'indaman, tayyorgarlik ko'ryapman va faqat shu narsaga e'tibor qaratganman».
Shartnomani uzaytirish masalasiga kelsak:
Mark Bernal: «Oldindan mavsumga tayyorgarlikni yaxshi o'tkazishga diqqatimni jamlaganman. Bu agentimning ishi. Lekin rostini aytsam, men bu yerda uzoq yillar qolishni istayman».
Chempionlar ligasi haqida:
Mark Bernal: «Buni ham maqsad, ham orzu deb aytgan bo'lardim, bu «Barselona» muxlislarini birlashtiradi. Biz ambitsiyali jamoamiz va tarkibimiz juda istiqbolli ekanligini, Chempionlar ligasida g'olib chiqishimiz mumkinligini tushunamiz. Bu maqsadga erishish uchun har kuni kurashamiz va mashg'ulot o'tkazamiz. Agar to'g'ri yo'ldan borsak va kamtarin bo'lsak, muvaffaqiyat keladi. Agar haddan tashqari qattiq o'ylasak va buni qanday bo'lmasin amalga oshirish kerak deb hisoblasak, ishlar ko'ngildagidek ketmasligi mumkin».
Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv haqida:
Mark Bernal: «Bu juda o'zgacha hafta edi, men jahon chempionlari bilan birga bo'lish imkoniga ega bo'ldim va bu men uchun juda katta ahamiyatga ega. Men buni o'tkazgan mavsumim uchun mukofot deb qabul qildim».
ESPN xabariga ko'ra, «Arsenal» «Barselona»ning yosh iqtidorli yarim himoyachisi Mark Bernalni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
ESPN xabariga ko'ra, «Arsenal» «Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernalni tarkibiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
18 yoshli tayanch yarim himoyachisi «Barselona» akademiyasining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan biri hisoblanadi. U «Arsenal»ni ham o'z ichiga olgan bir qator yetakchi Yevropa klublari e'tiborini tortgan.
Serji Sole xabariga ko'ra, Diyego Simeone «Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernalga qiziqish bildirmoqda, biroq kataloniyaliklar uni sotishni rejalashtirmayapti.
Serji Sole xabariga ko'ra, «Barselona»ga Diyego Simeone hamon Mark Bernalga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumot kelib tushgan.
«Barsa» futbolchining ketish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti, chunki klub Bernallni daxlsiz deb hisoblaydi. Xansi Flik yarim himoyachiga to'liq ishonch bildirmoqda, futbolchining o'zi ham jamoani tark etish haqida o'ylayotgani yo'q.
Gabriel Sans xabariga ko'ra, Mark Bernal «Barselona» bilan 2031-yilga qadar yangi shartnoma imzolaydi. Tovar puli 500 million yevro etib belgilangan.
Gabriel Sans (🌗): Bernarning yangi shartnomasidagi tovon puli miqdori klub manbalari xabar berishicha, 500 million yevro darajasida qoladi.
Bu raqam klubning uning salohiyatiga bo'lgan ishonchini aks ettiradi va ular buni oshirishni zarur deb hisoblashmadi. Futbolchi shartnomani 2031-yilga qadar uzaytiradi.
Deku "Barselona"dagi transferlar, shartnomalarni uzaytirish va yosh futbolchilar haqida gapirdi. Rafinya klub bilan shartnomasini 4 yilga uzaytiradi.
Deku: "Bu yil biz deyarli to'qqizta transferni amalga oshirdik. Barcha yosh futbolchilar uchun klubimizda o'ynashni orzu qilish tabiiy hol va biz ularning barchasi qolishini istardik, ammo cheklangan imkoniyatlar tufayli bu imkonsiz; shunga qaramay, ularning barchasi ustidan bizda huquqlar yoki kelajakdagi daromadlardan ulush mavjud.
Shuningdek, Reshfordga o'tgan taassurotli mavsumda jamoaga qo'shgan barcha hissasi uchun, hamda so'nggi 15 yildagi eng yaxshi hujumchi va klub afsonasi Robertga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Biz Fermin, Kristensen, De Yong, Erik Garsiya va Hamza bilan shartnomalarni uzaytirdik. Aytgancha, uzaytirishlar haqida: Rafinya bilan ishlar ancha muvaffaqiyatli ketmoqda — kecha tushdan keyin biz shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishib oldik, Rafa keyingi to'rt yil davomida biz bilan qoladi. Shuningdek, Mark Bernal va Xavi Espart bilan shartnomalarni uzaytirish ustida ish olib borilmoqda, ba'zi ma'muriy masalalarni hal qilish qoldi.
Xavi Espart va Brayan Farinyas — biz asosiy jamoada hisoblaydigan ikki yosh futbolchi".
Erik Garsiya «Barselona»ning joriy mavsumdagi maqsadlari va yosh iqtidorli futbolchilarning o'sishi haqida gapirdi.
🎤 Erik Garsiya:
«Umid qilamanki, bu yil biz oltinchi Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritamiz. Har bir futbolchi shuni istaydi.
Yangi transferlar evaziga biz oldinga qadam tashladik. Lamin Yamal, Pau Kubarsi va Mark Bernal tajriba orttirishmoqda, jamoa saviyasi esa o'sib bormoqda».
«Barselona» Mark Bernalga Rodri jamoaga kelgan taqdirda ham uning kelajagi xavf ostida emasligini ma'lum qildi.
💦 Sport xabariga ko'ra, «Barselona» Mark Bernalga Rodri jamoaga kelgan taqdirda ham uning kelajagiga hech qanday ta'sir qilmasligini ma'lum qildi.
Deko bugun yarim himoyachining agentlari bilan uchrashdi va Bernal ham hozirgi, ham kelajakdagi rejalar uchun muhim o'yinchi bo'lib qolishini aniq tushuntirdi.
Mark Bernalning agenti va Deku o'rtasida shartnomani yaxshilash bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. "Barselona" futbolchini qo'llab-quvvatlaydi.
Moyes Llorens xabariga ko'ra, ayni damda Sport shaharchasida Deku va Mark Bernalning agentlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tmoqda. Tomonlar shartnomani yaxshilash masalasini muhokama qilishyapti.
Futbolchi bilan APL, Bundesliga, La Liga va Italiya klublari qiziqmoqda.
"Barsa" uchun u daxlsiz hisoblanadi.
O'yinchi klub taklifini eshitib ko'rmoqchi.
Aleks Pintanel ma'lumotiga ko'ra, Bernalning agenti Mark Bernalning kelajagini muhokama qilish uchun Deku bilan uchrashmoqda. Rodri jamoaga yaqinlashayotganiga qaramay, "Barselona" Markni to'liq qo'llab-quvvatlamoqda.
«Barselona» yosh iqtidor egasi Mark Bernalni qo'llab-quvvatlamoqda va uni jamoaning daxlsiz futbolchisi deb bilmoqda.
Viktor Navarro xabariga ko'ra, Alexandro Echevarriya va Boyan Krkich Mark Bernalni qo'llab-quvvatlab, unga g'amxo'rlik qilishmoqda. Jamoa safdoshlari ham yosh futbolchiga xuddi shunday munosabatda.
Barchasi unga bir narsani uqtirishmoqda: Rodri jamoaga kelishi uning uchun ijobiy holat. Chunki bu transfer unga yordam beradi va ortiqcha yuklamalar tufayli jarohat olish xavfini kamaytiradi.
Bernal «Barsa» uchun mutlaqo daxlsiz futbolchi hisoblanadi.
Barselona futbolchilari Bernal, Balde, Fermin va Arauxoning jarohatdan tiklanish jarayoni haqida so'nggi ma'lumotlar.
Xavi Migel xabariga ko'ra, Bernalda mushaklarda kichik zo'riqish kuzatilmoqda. Vaziyat to'liq nazorat ostida, ammo jiddiyroq oqibatlarning oldini olish uchun ehtiyotkorlik bilan kuzatuv talab etiladi.
Bernal ushbu muammoni bartaraf etish uchun trenajyor zalida individual tarzda ishlamoqda. Murabbiylar shtabi futbolchining jismoniy holatiga alohida e'tibor qaratmoqda va bu mavsumda u o'z salohiyatini to'liq ochib berishiga umid qilmoqda.
Hozirda holati diqqat bilan kuzatilayotgan yana bir futbolchi — Alexandro Balde. U qov qismidagi og'riqlar sabab bir haftadan buyon maydonga tushmayapti.
Fermin esa safga qaytishga yaqin. U tiklanish jarayonining yakuniy bosqichida.
Ronald Arauxo ham boldir mushagidagi muammolardan so'ng tez orada jamoaviy mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Mark Bernalni Markus Reshford transferi bo'yicha muzokaralarga qo'shishni taklif qildi, biroq rad javobini oldi.
⚽️ Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Mark Bernalni Markus Reshford transferi bo'yicha muzokaralarga qo'shishni taklif qildi, biroq ham "Barselona", ham futbolchining o'zi bu imkoniyatni rad etdi.
Bernal faqat "Barselona"da muvaffaqiyat qozonishni istaydi, Xansi Flik esa kelasi mavsumda unga ishonch bildirayotganini aniq tushuntirib o'tdi.