«Barselona» BAA kompaniyasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi
«Barselona» BAAning Ohana kompaniyasi bilan 25 yillik shartnoma imzoladi. Kelishuv tafsilotlari va futbolkalar dizaynidagi o'zgarishlar ma'lum qilindi.
Fernando Polo va Serji Sole xabariga ko'ra, «Barsa» brendidan elita turar-joy majmuasida foydalanish bo'yicha kelishuv 25 yildan ortiq muddatga amal qiladi.
Shu bilan birga, Ohana kompaniyasi «Barsa»ga eng katta qismini dastlabki uch yil ichida to'lab beradi — yiliga taxminan 10 million yevro. Klub shartnoma bo'yicha avans sifatida 2-3 million yevro olib ulgurdi.
Dubaydagi kurort nomi 2027-yilning iyul oyidan boshlab uch yil davomida futbolkalar orqa qismida joylashadi. Bu faqat ichki musobaqalarga taalluqli bo'ladi. Chempionlar ligasida esa avvalgidek Fundació Barça logotipi ishlatiladi.
19-sentabr kuni bo'lib o'tadigan assambleyada Ohana kompaniyalari bilan shartnomalarni tasdiqlash masalasi ovozga qo'yiladi.