Mark Bernal: «Menimcha, biz bu o'yinga juda yaxshi yondashdik, xarakter ko'rsatdik — murabbiy bizdan aynan shuni talab qilgandi. Ha, rostini aytganda, Chempionlar ligasida o'yin taqdirini mayda detallar hal qiladi, shuning uchun ham rivojlanishda davom etishimiz kerak: oldinda hali uzoq yo'l bor va bu tajriba kelajakda bizga asqotadi.
Menimcha, biz qayerga kelganimizni anglab yetishimiz kerak — bu juda va juda qiyin, balki eng qiyin stadionlardan biri edi va biz munosib kurashdik. Yuqorida aytganimdek, bu bizga yaxshiroq bo'lish, o'sha mayda detallarni o'rganish va eng muhimi, bo'lajak El-Klasikoga to'liq qurollangan holda borish uchun xizmat qiladi.
Nimalar bo'lishi mumkinligini va bu qiyin hafta ekanligini bilardik. Menimcha, boshimizni baland ko'tarib yurishimiz kerak, chunki raqobatbardosh o'yin ko'rsata oldik. Endi bizda mashg'ulot o'tkazish, tayyorlanish va El-Klasikoda bor kuchimizni berish uchun vaqt bor.
El-Klasikoda maydonga tushish, bunday darajadagi o'yinda ishtirok etish — menimcha, har kim shunday bahsni orzu qiladi, ayniqsa uyda, «Kamp Nou»da. Shu bois, bu yodda qoladigan o'yin bo'ladi va biz unga katta istak hamda shijoat bilan yondashamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!