Mark Bernal «Barselona» bilan shartnomani uzaytirmoqda
Mark Bernal «Barselona» bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Gabriel Sans (🌗): Mark Bernal va «Barselona» 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi. Tovar (tovon puli) miqdori 500 million yevroni tashkil qiladi.
Endilikda hujjatlarni imzolash va buni rasman e'lon qilish qoldi. Klub ham, futbolchining o'zi ham qulay sanani qidirmoqda va imzolash jarayoni shu haftaning o'zida bo'lib o'tishi mumkin.