Hansi Flik: "Men o'zim haqimda ko'p gapirishni istamayman, chunki men shunchaki murabbiyman"
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 14

Hansi Flik: "Men o'zim haqimda ko'p gapirishni istamayman, chunki men shunchaki murabbiyman"

❓Siz klub a'zolari eng yuqori baholagan qaror, ya'ni shartnomangiz uzaytirilishi haqida nimalarni his qilyapsiz?

🗣 Xansi Flik: «Men o'zim haqimda ko'p gapirishni istamayman, chunki men shunchaki murabbiyman. Maydonda futbolchilar ishlashi kerak. Albatta, menda ajoyib jamoa bor, unda fantastik professionallar va o'z ishining ustalari to'p surishadi. Bu shunchaki hayratlanarli. Hozir hammasi yaxshi ketmoqda va men yuzaga kelgan vaziyatdan juda mamnunman. Men bundan quvonaman, lekin bilamanki, men bu klubdagi eng muhim shaxs emasman, shuning uchun mening nazarimda, o'yinchilarga ko'proq e'tibor qaratish kerak — ular buni har bir o'yinda va har bir mashg'ulotda namoyish etayotgan munosabati va mentaliteti bilan haqli ravishda qozonishgan. Men buni juda qadrlayman, bu ajoyib».

❓Laporta kecha Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga alohida umid bog'layotganini aytgandi. Bu haqda matbuot bilan muloqotda futbolchilar ham doim gapirishadi. Chempionlar ligasidan La Ligaga o'tish jarayonida o'yinchilarni motivatsiya qilish qiyinmi? Muxlislar ham La Ligadan ko'ra Chempionlar ligasini ko'proq kutishayotganini his qilyapsizmi?

🗣 Xansi Flik: «Oldingi ikki yilga nisbatan hech narsa o'zgargani yo'q. Muxlislar bilan, Barselona aholisi bilan gaplashganimda, hamma: «Bu yil biz Chempionlar ligasini yutishimiz kerak», deyishadi. Albatta, bu bizning orzuimiz va maqsadimiz, lekin prezident La Liga ham muhimligini aytdi. La Ligani ketma-ket uch marta yutish ajoyib bo'lardi. Lekin bu uzoq yo'l. Men uchun har kuni qanday mashg'ulot o'tkazayotganimiz muhimroq. O'zimizni qanday ko'rsatayotganimiz, yaxshi formani qanday saqlab qolayotganimiz muhim.

Tiklanish muhim, tizzalarimga, tanamga qanday g'amxo'rlik qilayotganim... Nima yeyayotganim, qanday uxlayotganim... Ayniqsa, har uch kunda o'ynaganimizda, tanamiz va aqlimizga g'amxo'rlik qilish muhim. Shuning uchun ba'zida dam olish ham yaxshi, ular «hozir men uchun nima muhim» ekanligini his qilishlari kerak va biz ularni qo'llab-quvvatlaymiz. Bu yerda bizni ko'plab ekspertlar o'rab turibdi va ularning barchasi o'yinchilarga g'amxo'rlik qilishadi. Ular tushunishlari kerak: «Xo'sh, men o'z maksimal darajamga qanday erisha olaman?», biz esa ularni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Biz ularga keyingi o'yinga eng yaxshi formada qaytishlariga yordam beradigan infratuzilmani yaratishimiz kerak. Shu bois o'yinlar orasidagi kunlar juda muhim. Biz ularga e'tibor qaratishimiz va infratuzilmamizni rivojlantirishimiz kerak. Bu juda muhim.

Siz yangi trenajyor zali bo'lgan binoni ko'rishingiz mumkin, o'ylaymanki, u tez orada qurib bitkaziladi. Bizda ko'proq joy bo'lishi va o'yinchilarimizga, ularning sog'lig'i va tiklanishiga yaxshiroq g'amxo'rlik qila olishimiz bizga juda yordam beradi — maqsadimiz ham shunda. Qadam-baqadam. Gap faqat o'yinchilarga bosim o'tkazib: «Xo'sh, sen buni, anuni va bunisini qilishing kerak», deyishda emas. Murabbiylar shtabi va klub sifatida biz ham ular uchun nimadir qilishimiz kerakki, atrof-muhit, vaziyat yaxshilansin».

🔚 Flik matbuot anjumani yakunlandi.

❤️

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!