Hansi Flik «Rayo»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida:
Hansi Flik: Men qo'l ostimdagi tarkibdan mamnunman. Qo'shimcha transferlar amalga oshirish uchun bosim yo'q. Deku ajoyib ish bajardi. Mashg'ulotlarda ham yuqori saviyani ko'ryapman — murabbiy uchun eng muhimi shu, biz to'g'ri yo'ldamiz.
Livakovichning jamoadagi roli haqida:
Hansi Flik: Biz Tekdan mamnunmiz, Dominik vaziyatni juda yaxshi tushunib turibdi, lekin tajribali darvozabonni, jumladan, kelajakni o'ylab jamoaga jalb qilganimizdan xursandmiz.
Frenki de Yongning holati haqida:
Hansi Flik: Eng muhimi, u kunma-kun mehnat qilishi kerak. Ahvoli yaxshilandi, oxirgi paytlarda astoydil shug'ullandi. Hozir uning vazifasi — safga qaytish. Mavsum juda uzun, o'yinlar ko'p, Frenki — jamoamiz o'yiniga katta sifat olib kiradigan fantastik futbolchi. Albatta, oson emas, har bir futbolchi kerakli daqiqalarda maydonga tushishi uchun hammasini to'g'ri tashkil qilishim kerak. Biz yuklamalarni nazorat qilishimiz va to'g'ri taqsimlashimiz shart. Albatta, hamma o'ynashni xohlaydi, lekin eng muhimi — jamoa va klub.
Bisivu haqida:
Hansi Flik: U kelganidan beri asosiy tarkib bilan shug'ullanishi va zaxira jamoasida o'ynashi aniq edi. Biz unda ulkan salohiyat ko'ryapmiz, lekin bunday katta klubda, ayniqsa yosh futbolchi uchun buni namoyish etish oson emas. U o'z o'yinini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin va u buni albatta qiladi.
Individual sovrinlar va jamoaviy ruh haqida:
Hansi Flik: Yo'q, bu mening ishim emas. Albatta, jamoamda ko'plab ko'zga ko'ringan futbolchilar bor. Rostini aytsam, bunday narsalarni yoqtirmayman, odatda jamoa haqida gapiraman. Agar jamoa yaxshi natija ko'rsatsa, individual sovrinlar uchun imkoniyatlaringiz oshadi. Albatta, Ispaniyada va butun dunyoda jahon darajasidagi futbolchilar ko'p, ulardan birini tanlash oson emas.
Chempionlik ambitsiyalari haqida:
Hansi Flik: Mavsum davomida ko'p narsa sodir bo'lishi mumkin. Hozir yaxshi davrdamiz, lekin yakunda hamma narsa jamoa bo'lib qanday o'ynashimizga bog'liq. Agar bizda yaxshi muhit va jamoaviy ruh bo'lsa, ko'p narsaga erishish mumkin. Biz har kuni shu ustida ishlayapmiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!