Ispaniyada so'nggi soatlarda Vinisiusning qizil kartochkasi ko'p muhokama qilinmoqda. Bu mavzu ham OAVda, ham muxlislar orasida qizg'in bahslarga sabab bo'lmoqda, "Real" va uning atrofidagilar esa hakamlar manziliga tinimsiz tanqidlar yog'dirishmoqda.
Sizningcha, bu tanqidlar "Barselona"ga qarshi "El-Klasiko" yaqinlashayotgani bilan bog'liqmi yoki vaziyat ataylab keskinlashtirilmoqdami? O'zingiz o'yindan keyingi matbuot anjumaniga chiqmaslikni tasavvur qila olasizmi?
Hansi Flik: "Umid qilamanki, bir kun kelib tushunasiz, men "Real"ga qarshi bevosita o'ynamayotganimizda ular haqidagi savollarga hech qachon javob bermayman. Qo'ysangiz-chi! Biz "Galatasaroy" bilan o'ynayapmiz va bu jamoaga hurmat ko'rsatishimiz kerak. Bu ajoyib stadion va o'zgacha muhitga ega fantastik jamoa.Men "Real" haqida gapirishni istamayman, chunki biz o'z o'yinimizga e'tibor qaratishimiz kerak. Ishimizga aynan shunday yondashamiz va o'yinchilardan ham xuddi shuni kutaman. Uzr so'rayman".
Agar "Real" haqida gapirgan bo'lsak, Vinisiusning "El-Klasiko"da maydonga tushishini istarmidingiz yoki yo'q? Katta ehtimol bilan u o'yinda qatnasha olmaydi. Bu "Barselona" uchun yaxshimi yoki yomon?
Hansi Flik: "Bu savolni menga 2 haftadan keyin yoki 10 kundan so'ng, "Real" bilan o'yin oldidan o'tkaziladigan matbuot anjumanida berishingiz mumkin, kelishdikmi?"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!