Valensiyalik jurnalist Xarvi Elliottning holati bo'yicha ma'lumot berdi:
«Valensiya» Xarvi Elliottga qishki tanaffusgacha bo'lgan beshta o'yinni jamoaga quyi ligaga tushib ketmaslikda yordam bera olishini isbotlash uchun imkoniyat sifatida berdi.
Uning so'nggi o'yindagi kayfiyati va ishga bo'lgan munosabati yaxshi taassurot qoldirdi, uning o'yin sifatiga esa shubha yo'q. Ammo yuqori maoshini hisobga olgan holda, undan natijalarga real ta'sir o'tkazishi kutilmoqda. Aks holda, klub yanvar oyida ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga urinib ko'radi.
Shu bilan birga, na «Valensiya», na «Liverpul» ijara shartnomasini bir tomonlama bekor qila olmaydi – buning uchun har ikki klubning roziligi talab etiladi.
«Liverpul» ijara shartnomasini muddatidan oldin tugatishga faqat o'sha vaqtga kelib Elliott uchun boshqa klub topilsagina rozi bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!