Xayner ("Bavariya" prezidenti): "Santyago Bernabeu"ga oxirgi tashrifim chog'ida Peres bilan Olise haqida gaplashdikmi? Albatta, u haqida gaplashdik. Peres menga "Real Madrid" hech qachon na Mayklning o'zi, na uning agenti bilan muzokara olib bormaganini tasdiqladi.
Biz xotirjamlikni saqlab qolyapmiz va Olise yana ko'p yillar davomida "Bavariya"da qolishini istaymiz.
Olise uchun 250-300 million yevrolik taklif tushsa, uni sotish imkoniyatini ko'rib chiqarmidik? Biz futbolchi sotadigan klub emasmiz, biz ularni sotib oladigan klubmiz. Hammasiga faqat moliyaviy nuqtai nazardan qarab bo'lmaydi"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!