"Real" himoyachisi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Bolaligimdan "Real Madrid"da o'ynashni orzu qilganman. Bu men uchun o'zgacha klub. "Madrid" formasi bolaligimdagi birinchi libosim bo'lgan. Uni menga katta akam sovg'a qilgandi. Shu bois bugun o'zimni xuddi ertakdagidek his qilyapman. "Real Madrid"ga o'tganimdan juda xursandman. Men bu yerga kurashish va bor kuchimni berish uchun keldim".
"[Klub muzeyidagi Chempionlar ligasi sovrinlariga qarab] biroz hayajondaman, chunki bu yerda 2022-yilda mag'lub bo'lganimda qo'ldan chiqargan kubok turibdi (kuladi). "Madrid" safida Chempionlar ligasini yutib, klub tarixining bir qismiga aylanishni istayman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!