"Udineze" darvozaboni Maduka Okoye transfer mish-mishlari markazida turibdi. Nigeriya OAVlari "Inter" yanvar oyidayoq 27 yoshli posbonni xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida yozmoqda. Uning shartnomasi 2028-yilga qadar amal qiladi.
"Neradzurrilar" Xosep Martinesning beqaror o'yini sabab qiyinchiliklarga duch kelishmoqda, u "Real" va "Bryugge"ga qarshi o'yinlarda ham qoniqarsiz harakat qildi. "Udineze" o'z o'yinchisini 20 million yevroga baholamoqda. Hozircha rasmiy taklif yuborilmagan.
"Inter" boshqa variantlarni ham ko'rib chiqadi, shuningdek, ularda Ivan Provedel kabi ishonchli darvozabon borligini ham unutmaydi.
[Messaggero Veneto]
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!