Inter Milton Delgadoga qiziqish bildirmoqda
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Transfer 👁 8

Inter Milton Delgadoga qiziqish bildirmoqda

El Intransigente xabariga ko'ra, «Inter» 21 yoshli yarim himoyachi Milton Delgadoga qiziqish bildirmoqda. «Neradzurrilar» «Boka Xuniors» asosiy tarkib o'yinchisiga aylangan Delgadoning o'yinlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Hozircha rasmiy taklif yo'q, ammo yaqin vaqt ichida u yuborilishi mumkin.

Yarim himoyachi klub safida 71 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning eng yaxshi fazilatlari – qat'iyatlilik va to'pni olib qo'yish. Tovon puli 15 million dollarni tashkil etadi. «Boka» bilan shartnoma 2028-yil dekabriga qadar mo'ljallangan. «Atletiko Madrid», «Brayton», «Bolonya» va «Benfika» ham futbolchi uchun da'vogarlik qilmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!