🚨 Ispaniya futbolida qoidalar o'zgarmoqda:
⏱️ O'yinchini almashtirish uchun maydonni tark etishga 10 soniya vaqt beriladi.
🧤 Agar darvozabon jarohati sababli o'yin to'xtatilsa, uning jamoasidan bir nafar maydon o'yinchisi bir daqiqaga maydonni tark etishi kerak bo'ladi.
⚽ Agar penalti tepish vaqtida o'yinchi tasodifan to'pga ikki marta tegib, gol ursa, penalti qayta tepiladi.
🚩 Agar o'yinchi aut to'pini kiritishda ataylab vaqt cho'zsa, to'p kiritish huquqi raqibga o'tadi.
🥅 Agar jamoa darvozadan zarbani amalga oshirishni kechiktirsa, raqib burchak zarbasini tepish huquqiga ega bo'ladi.
📺 VAR endilikda ikkinchi sariq kartochkalar va xato belgilangan burchak zarbalarini tekshira oladi.
Bu o'zgarishlar, birinchi navbatda, vaqt cho'zishga qarshi kurashish va hakamlarning yaqqol xatolarini to'g'irlashga qaratilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!