La Ligada yangi hakamlik qoidalari joriy etiladi
La Ligada hakamlik qoidalari o'zgarmoqda: VAR imkoniyatlari kengayadi, vaqt cho'zishga qarshi yangi choralar ko'riladi va penaltilar bo'yicha qoida o'zgaradi.
📻 Cope xabariga ko'ra, La Ligada yangi hakamlik qoidalari joriy etilishi kutilmoqda:
⚪ VAR ikkinchi sariq kartochka berilishi mumkin bo'lgan vaziyatlarga, shuningdek, qizil kartochka olgan futbolchini noto'g'ri aniqlash holatlariga aralasha oladi;
⚪ VAR noto'g'ri belgilangan burchak zarbalarini bekor qila oladi;
⚪ Almashtirilayotgan futbolchi maydonni 10 soniya ichida tark etishi shart. Aks holda, uning o'rniga tushayotgan jamoadoshi maydonga kirish uchun bir daqiqa kutishiga to'g'ri keladi;
⚪ Tibbiy yordam ko'rsatilgan futbolchi o'yinga qaytishdan oldin bir daqiqa davomida maydon tashqarisida qolishi kerak;
⚪ Agar darvozabon raqib tomonidan qoida buzilishi natijasida jarohat olmagan holda tibbiy yordam so'rab o'yinni to'xtatsa, uning jamoasi bir daqiqa davomida kamchilik bo'lib o'ynashga majbur bo'ladi (bir nafar maydon o'yinchisi bu vaqt davomida maydonni tark etishi kerak);
⚪ Yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritish nazorati kuchaytiriladi: hakamlar 5 soniyalik hisobdan foydalanadilar;
⚪ Agar penalti tepish vaqtida futbolchida ikkita tegish holati qayd etilsa va u gol ura olmasa, 11 metrlik zarba amalga oshirilmagan deb hisoblanadi (uni qayta tepishga ruxsat berilmaydi);
⚪ VAR aralashuvidan so'ng, bosh hakam o'zining yakuniy qarorini stadiondagi tomoshabinlarga e'lon qilishi va tushuntirib berishi mumkin.