Rasmiy bayonot:
La Liga prezidenti Tebasning bayonotlari munosabati bilan "Real Madrid" quyidagilarni ma'lum qiladi:
Klubimiz Primera rahbari o'z lavozimidan foydalanib, har bir chiqishida "Real Madrid"ni obro'sizlantirish va hujum qilishda davom etayotganini qabul qilib bo'lmas holat deb hisoblaydi.
La Liganing barcha klublari manfaatlarini himoya qilishi kerak bo'lgan shaxsning "Madrid"ga nisbatan tarafkashlik qilishi va klubimizni doimiy ravishda o'z hujumlari nishoniga aylantirishi ayniqsa xavotirlidir.
Uning so'nggi chiqishi juda jiddiy va tushunarsiz, chunki u mustaqil jurnalistning maqolasiga izoh berishga qaror qildi. Shu bilan birga, u yana klubimizga hujum qilmoqda va "Madrid"ning sport strategiyasini baholashga ruxsat bermoqda, bu esa mutlaqo bema'ni va mas'uliyatsiz xatti-harakatdir.
La Liga prezidenti o'z vakolatlari doirasida musobaqalarning xolisligini kafolatlovchi institutlarga bo'lgan ishonchni mustahkamlash o'rniga, "Real Madrid"ni omma oldida obro'sizlantirishga urinish uchun o'z vaqtini va shaxsiy kanallarini sarflayotgani hayratlanarli.
Shu tariqa, u chempionatimiz va Ispaniya futbolining butun dunyodagi imidjiga zarar yetkazishda davom etmoqda.
Ushbu nomunosib va uzoq vaqt davom etayotgan xatti-harakatlarni inobatga olgan holda, biz Ispaniya professional futboliga uni boshqarishga va betaraflik tamoyiliga rioya qilgan holda uning barcha salohiyatini ochib berishga qodir rahbar kerak deb hisoblaymiz.
O'z lavozimining mohiyatini tushunadigan odam kerak, chunki La Liga prezidenti musobaqaning egasi emas, balki ligaga kiruvchi va unga rahbarlikni ishonib topshirgan klublar manfaatlarini ko'zlab boshqaruvchi hisoblanadi. Klublarga bu missiyani halol bajaradigan odam kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!