Xavyer Tebas "Real Madrid" bayonotiga javob qaytardi
ZZoneRM ↗ ●●●●● Matbuot 👁 15

Xavyer Tebas "Real Madrid" bayonotiga javob qaytardi

La Liga prezidenti Xavyer Tebas ijtimoiy tarmoqlarda "Real Madrid"ning iste'fo talab qilingan rasmiy bayonotiga munosabat bildirdi: "Men "Madrid"ning rasmiy bayonotini o'qidim. Bir narsada roziman: La Liga prezidenti turnir egasi emas. Xuddi "Madrid" prezidenti ham turnir egasi bo'lmagani kabi".

Mening vazifam barcha klublarning tengligini himoya qilishdir. Men "La Liga "Madrid"siz hech narsaga arzimaydi" hamda "arbitrlar ularni boqayotgan biznesga zarar yetkazmoqda" degan iddaolarga javob bergandim. Biroq klub bayonotida negadir bu haqda bir og'iz ham so'z yo'q.

"Madrid" yillar davomida RMTV va o'zining targ'ibotchilari orqali go'yoki soxtalashtirilgan chempionat haqidagi narrativni ilgari surib kelmoqda. Hakamlarning alohida qarorlarini tanqid qilish — bu normal holat, ammo har bir bahsli vaziyatni tarafkashlikning isboti deb atash — butunlay boshqa narsa.

Mustaqillik barchaga nisbatan bir xil qoidalarni qo'llash va kimdirga yoqmasa ham, butun turnir manfaatlarini himoya qilishni anglatadi.

Men La Liga egasi emasman va chempionatni u go'yoki bir klubga tegishli ekanidek boshqarish niyatida emasman. Men barchani hurmat qilaman, lekin hech kimga bo'ysunmayman.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!