La Ligada hakamlar faoliyati uchun yangi qoidalar tasdiqlandi:
📌 VAR ikkinchi sariq kartochka va qizil kartochka bilan bog'liq xatoliklar yuzaga kelganda aralashish huquqiga ega bo'ladi.
📌 VAR noto'g'ri belgilangan burchak zarbasini bekor qila oladi.
📌 Almashtirilayotgan futbolchi maydonni maksimal 10 soniya ichida tark etishi shart, aks holda zaxiradan tushayotgan o'yinchi maydonga kirish uchun bir daqiqa kutishiga to'g'ri keladi.
📌 Tibbiy yordam olgan futbolchilar maydonga qaytishdan oldin bir daqiqa davomida maydon tashqarisida qolishlari kerak.
📌 Agar darvozabon qoidabuzarlik oqibatida jarohat olmagan bo'lsa-yu, tibbiy yordam so'rab o'yinni to'xtatsa, uning jamoasidan bir futbolchi bir daqiqaga chetlatiladi.
📌 Yon chiziqdan to'p kiritish (aut) qat'iy nazorat qilinadi va buning uchun 5 soniya vaqt ajratiladi.
📌 Penaltini ijro etishda tasodifiy ikki marta tegish holati yuz bersa va to'p darvozaga kirmasa, bu seyv yoki noaniq zarba deb hisoblanadi.
📌 Hakam VAR aralashuvidan so'ng qabul qilgan yakuniy qarorini stadiondagi muxlislar va tomoshabinlarga tushuntirib berishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!