Jakobo Ramon — himoyachi-to'purar, unga Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli ispaniyalik futbolchi «Torino» darvozasiga boshi bilan gol urdi va bu uning mavsumdagi uchinchi goli bo'ldi: ikkitasi Serie A'da va bittasi UEFA Chempionlar ligasida.
TuttoMercatoWeb ma'lumotiga ko'ra, «Real» futbolchini kelgusida sotishdan 50 foiz ulush saqlab qolgan va 2027-yilda uni 9 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqiga ega. Ayni damda «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» futbolchini kuzatib bormoqda.
Italiya OAVlari futbolchining bozor qiymatini 45–50 million yevroga baholamoqda, «Komo» safiga esa u 2025-yil yozida atigi 2,5 million yevro evaziga kelib qo'shilgandi.
Shuningdek, u Ispaniya U21 terma jamoasining barqaror o'yinchisi hisoblanadi va u yerda ham gollar urishga erishmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!