Jamal Musiala bugun ertalab Zebenerstrasse'da reabilitatsiya murabbiyi Saymon Martinello bilan birgalikda tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazdi.
Taxminan 45 daqiqa davom etgan ushbu mashg'ulot turli tezlikdagi yugurishlar, shuningdek, to'p bilan yengil mashqlarni o'z ichiga oldi. Biroq Musiala o'z qaytishi uchun biroz kutishiga to'g'ri keladi.
U shanba kuni «Leypsig»ga qarshi o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Kelasi hafta «Arsenal»ga qarshi bahs ham deyarli imkonsiz.
Musiala qachon jamoaviy mashg'ulotlarga qaytishi uning mushaklari yaqin kunlarda qanday reaksiya bildirishiga bog'liq. «Bavariya» u bilan tavakkal qilmaslikka qat'iy qaror qilgan.
Bild
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!