Jan Pyero Gasperini ("Roma" ustozi): "Biz o'tgan o'yinda "Real Madrid"ni to'liq taslim etdik va ulardan barcha jihatlarda ustun bo'ldik. Undan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Ammo kutilmaganda marra chizig'iga yaqinlashganda ikkilanib qoldik. Biz juda passiv harakat qildik va o'yin borishini ishonch bilan nazorat qilayotgan bo'lsak-da, mag'lubiyatga uchradik.
"Real Madrid" burchak zarbalarini amalga oshirishda xavfli. Ular birinchi bo'limda ham burchak zarbalarini ijro etishgandi, lekin o'shanda darvozamiz oldida bunday xavf tug'dirmagandi. O'yin so'ngida esa xuddi sodir bo'layotgan voqealardan falaj bo'lib qolgandek edik.
Mourinyu hisob 3:1 bo'lganidan keyin bizni o'lik holatda deb aytdimi? Agar kimdir oyoqdan yiqilayotgan bo'lsa, bu - "Madrid". Biz raqibni to'liq taslim etgandik. Ular burchak zarbalaridan keyin gol urishdi, ammo qolgan barcha jihatlarda o'z darajalariga mutlaqo mos kelishmadi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!