Javier Tebas "Real Madrid"ni aybladi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 7

Javier Tebas "Real Madrid"ni aybladi

La Liga prezidenti Xavyer Tebas ijtimoiy tarmoqlarda quyidagicha munosabat bildirdi:

"Barselona" men bilan bog'liq bo'lgan Audiovisual New Aged kompaniyasiga 4.5 million yevro o'tkazgani haqidagi mish-mishlarmi?
"Madrid" tomonidan Audiovisual New Aged kompaniyasiga qilingan ikkita pul o'tkazmasi misolini keltiraman: 2011-yildan 2013-yilgacha klub tomonidan ushbu kompaniyaga o'tkazilgan mablag'lar summasi 7.5 millionni tashkil etgan. Ha, aynan o'sha kompaniyaga, qaysiki "Barselona" ham pul o'tkazgan. Qanday kutilmagan holat!
"Madrid" bosh direktori Sanches va klub direktorlar kengashi bosh kotibi del Valyeden bu o'tkazmalar nima uchun qilingani va ularning maqsadi nima bo'lganini so'rang. Hujjatlarni RMTV'ga topshiring va ular yana bitta video suratga olishsin. Ammo bu safar ular yashirayotgan narsalarni tushuntirib berishsin. Yolg'on gapirish va manipulyatsiya qilishni bas qiling..."
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!