Bolaligida Jed nafaqat futbol o'ynagan: ma'lum vaqt Spens Janubiy Koreyada paydo bo'lgan jang san'ati — taekvondo bilan ham shug'ullangan. Jed oiladagi yagona iqtidorli inson emas. Uning singlisi Karla-Simon Spens aktrisa va dublyaj ustasi bo'lib, asosan turli ingliz teleseriallari va dasturlarida ishlagan.
Spens Londonda yamaykaliklar oilasida dunyoga kelgan. Jed yamayka musiqasi va taomlariga juda qiziqadi. Uning ko'proq inglizlarga xos bo'lgan xususiyatlari esa britancha hazil va nonushtada choy ichishni xush ko'rishida namoyon bo'ladi.
Spens 2024-yilda «Jenoa» safida 6 oy to'p surdi. Bu tajriba unga A Seriya bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. O'sha davrda u Xosep Martines bilan bir kiyim almashtirish xonasini baham ko'rgan. «Jenoa»dagi jamoadoshlari Spensni o'zining xotirjam tabiati tufayli «sokin yigit» deb atashgan.
Spens ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez #GODSPEED heshtegidan foydalanadi, bu so'z u doimiy taqib yuradigan bilaguzukda ham yozilgan. U uchun bu so'zning ma'nosi shundaki: dunyodagi barcha narsa Xudo tomonidan belgilangan tezlikda harakatlanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!