TEAMtalk xabariga ko'ra, «Kristal Pelas» va «Sanderlend» «Everton» himoyachisi Jek O'Braynning transferi bo'yicha da'vogar bo'lib turibdi. 👀
Irlandiyalik futbolchi o'zining sevimli markaziy himoyachi pozitsiyasida o'yin amaliyoti kamligi sababli «Everton»ni tark etishi mumkin. Klub ham futbolchini sotish variantini ko'rib chiqmoqda. 🧐
«Burgutlar» va «qora mushuklar» tarkibni Yevropa ligasi oldidan kuchaytirmoqchi. 💪
Avvalroq irlandiyalik himoyachi «Selxerst Park»da to'p surgan, shundan so'ng 2023-yilda «Lion»ga sotilgandi. 🔙
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!