Portugaliyalik jurnalistlarning xabar berishicha, «Sanderlend» Jenni Katamo transferini yakunlash uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda.
«Sporting» futbolchi uchun 35 million yevro hamda 5 million yevro bonus talab qilmoqda. Jenni jamoa uchun ajralmas futbolchi emas va uning transferi yozgi oyna yopilgunga qadar amalga oshishi mumkin. Futbolchi ingliz klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. 🤞
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!