Jerar Romero xabariga ko'ra, "Barselona" Rodri transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Klub bonuslar bilan birga 70 million yevroga yaqin mablag' sarflashga tayyor va bu kelishuv yaqin soatlarda amalga oshishi mumkin.
"Barselona" ham, Rodri ham xotirjam. Qolaversa, futbolchi o'z yaqinlariga "Barsa"ga o'tishiga ishonchi komil ekanligini bildirgan. Bu jarayon qachon tezlashadi? Ehtimol, Ferran Torresning ketishi rasmiylashgach, barchasi osonlashadi.
Ferran Torres bugun kechqurun yoki ertaga ertalab Parijga yo'l oladi va transferni yakunlaydi. Bitim qiymati 50–55 million yevro atrofida bo'lishi kutilmoqda.
Ferranning ketishi "Barselona"ga Rodri transferini faollashtirish imkonini beradi. O'z navbatida, "Manchester Siti" ham Enso Fernandesni sotib olish yoki olmaslik borasida yakuniy qarorga kelishni kutmoqda. ❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!