🗣️ "Manchester Yunayted" akademiyasining sobiq futbolchisi Jeyms Overi Ruben Amorim va Maykl Kerrik mashg'ulotlaridagi farq haqida gapirdi:
Rubenning mashg'ulotlarida yugurish ishlari ko'proq edi – qanot himoyachilari tufayli. Ko'p yugurdik, zarba berdik va shu kabi ishlar. Kerrikda esa boshqacha: to'pni nazorat qilamiz, bir-ikki urinishda o'ynaymiz, himoyani yorib o'tish yo'llarini izlaymiz.
Bu ikki mutlaqo har xil murabbiy. Amorim jismoniy holatga urg'u berardi, Kerrik esa taktika va texnikaga.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!