Jeyms Overi Ruben Amorim va Maykl Kerrik mashg'ulotlarini solishtirdi
Manchester Yunayted akademiyasining sobiq futbolchisi Jeyms Overi Ruben Amorim va Maykl Kerrikning mashg'ulot uslublari o'rtasidagi farqni tushuntirib berdi.
🗣️ "Manchester Yunayted" akademiyasining sobiq futbolchisi Jeyms Overi Ruben Amorim va Maykl Kerrik mashg'ulotlaridagi farq haqida gapirdi:
Rubenning mashg'ulotlarida yugurish ishlari ko'proq edi – qanot himoyachilari tufayli. Ko'p yugurdik, zarba berdik va shu kabi ishlar. Kerrikda esa boshqacha: to'pni nazorat qilamiz, bir-ikki urinishda o'ynaymiz, himoyani yorib o'tish yo'llarini izlaymiz.
Bu ikki mutlaqo har xil murabbiy. Amorim jismoniy holatga urg'u berardi, Kerrik esa taktika va texnikaga.