Jeyms Pirs talkSport efirida transferlar haqida gapirib o'tdi. Dastlab hujum chizig'idagi vaziyatga to'xtalamiz:
🛑 Barkolya haqida
Salah ketganidan keyin «Liverpul» hujum chizig'i uchun haqiqiy yulduz futbolchi qidirmoqda. Yoz boshida bu futbolchi Yan Diomande bo'lishi kutilgandi, ammo keyin ishlar to'xtab qoldi. Shu bois «Liverpul»ning Barkolyaga bo'lgan qiziqishi ortib bordi. O'tgan hafta menga futbolchining o'zi ham bu transferni juda xohlashi aytildi. Hozircha kelishuvdagi noaniqlikning sababi — PSJning juda qat'iy pozitsiyasi. Parijliklar «Liverpul»dan 145 million funt talab qilmoqda. «Liverpul» esa bitimni 100 million funt atrofida yakunlashga umid qilmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.
🛑 Mbaye haqida
Ayni vaqtda klub Mbayeni sotib olish kerakmi yoki yo'q, shuni hal qilmoqda. U asosan o'ng qanotda o'ynaydi, Barkolya esa — chapda. Ikkisi ham PSJda to'p surishi va vinger ekanligiga qaramay, «Liverpul» imkon qadar ikkalasini ham qo'lga kiritishni istaydi. Klubda hujum salohiyatini jiddiy oshirish kerakligini tushunishmoqda. Salah ketdi, Ugo Ekitike esa og'ir jarohat tufayli mavsum o'rtalarigacha qaytmasligi mumkin. Kyeza va Gakponing kelajagi borasida ham savollar bor. Shuning uchun vazifalar juda ko'p.
🛑 Gakpo va «Tottenxem» qiziqishi haqida
Birinchidan, «Liverpul» yangi o'yinchilarni sotib olmasdan turib, Gakponi qo'yib yuborishini tasavvur ham qilolmayman. Keyin hammasi «Tottenxem»ning taklifiga bog'liq bo'ladi. Ularning Gakpoga qiziqishi aniq, ammo «Liverpul» o'yinchidan qutulishga urinayotgani yo'q. Kodi bilan uzoq muddatli shartnoma bor, shu bois klub kuchli pozitsiyada. Gakponing o'zi ham hozircha ketishni talab qilmayapti. O'ylaymanki, «Liverpul»ni sotuv mantiqiy ekanligiga ishontirish uchun 70 million funt yoki undan ko'proq taklif kerak bo'ladi. Bu esa faqat klub hujumni kuchaytirgandan keyingina mumkin. Iraola vingerlar ikkala qanotda ham harakat qila olishini xohlashini aytgandi. Aytaylik, chapda Barkolya va Rio Ngumoa, o'ngda esa Mbaye va Munyos bo'lsa, Kyeza esa Ekitike qaytguniga qadar Isak pozitsiyasida zaxira varianti bo'lib qoladi. O'ylaymanki, ko'pchilik muxlislar: «Ha, bunday holda Gakponi qo'yib yuborsa bo'ladi», deyishadi. Ammo hozircha, yangi o'yinchilar imzolanmaguncha, «Liverpul»ga Kodi Gakpo kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!