Joan Gamper kubogi: «Barselona» raqibi ma'lum bo'ldi
Barca Family News ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 28

Joan Gamper kubogi: «Barselona» raqibi ma'lum bo'ldi

Ivan San-Antonio xabariga ko'ra, «Barsa» Joan Gamper kubogi doirasidagi o'yin uchun raqibini rasman e'lon qilishi qoldi. Tanlov Misrning «Al-Ahli» klubiga tushdi va tomonlarga shartnomani imzolash qoldi. Uchrashuv 19-avgust kuni «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi.

Tanlov Misr klubi bilan Abdelkarim transferi bo'yicha erishilgan o'zaro kelishuv bilan bog'liq. «Al-Ahli» ham sport, ham strategik nuqtai nazardan jozibador variant hisoblanadi. Gap Misrning eng nufuzli va Afrika futbolidagi eng sovrindor klublaridan biri haqida ketmoqda.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!