#Al Ahly — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

«Barselona» Joan Gamper kubogi o'yini sanasini belgiladi

«Barselona» Joan Gamper kubogi o'yini sanasini belgiladi

«Barselona» Joan Gamper kubogi uchun o'yinni 19-avgust kuni o'tkazadi. Raqib nomi hozircha aniq emas.

⚽️ Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barselona» Joan Gamper kubogi uchun o'yinni 19-avgust kuni o'tkazadi. Bu bahs La Liga doirasidagi «Atletik»ka qarshi debyut o'yindan bir necha kun o'tib tashkil etiladi.

Uchrashuvdagi raqib hozircha aniq emas. Variantlardan biri sifatida Misrning «Al-Ahli» klubi ko'rilmoqda, biroq yakuniy qaror qabul qilinmagan.

O'ng ustun yangiliklari

Joan Gamper kubogi: «Barselona» raqibi ma'lum bo'ldi

Joan Gamper kubogi: «Barselona» raqibi ma'lum bo'ldi

Joan Gamper kubogi doirasida «Barselona» Misrning «Al-Ahli» klubiga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda. Uchrashuv 19-avgustga belgilangan.

Ivan San-Antonio xabariga ko'ra, «Barsa» Joan Gamper kubogi doirasidagi o'yin uchun raqibini rasman e'lon qilishi qoldi. Tanlov Misrning «Al-Ahli» klubiga tushdi va tomonlarga shartnomani imzolash qoldi. Uchrashuv 19-avgust kuni «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi.

Tanlov Misr klubi bilan Abdelkarim transferi bo'yicha erishilgan o'zaro kelishuv bilan bog'liq. «Al-Ahli» ham sport, ham strategik nuqtai nazardan jozibador variant hisoblanadi. Gap Misrning eng nufuzli va Afrika futbolidagi eng sovrindor klublaridan biri haqida ketmoqda.