"Barselona" hozir ajoyib davrni boshdan kechirmoqda. Biz klubimiz tarixidagi juda go'zal bosqichdan va ayni damdagi vaziyatdan zavq olyapmiz. Bizni barcha tomondan maqtashmoqda, ammo "Madrid" yutuqlarimizni kamsitishga urinmoqda.
"Negreyra ishi"da bizni sudgacha aybdor deb topishga uringan edilar. Biroq, tergov jarayonida bizga qarshi ilgari surilgan ayblovlar asossiz ekani ma'lum bo'ldi va yakunda "Barselona" oqlanadi.
Bizni tinimsiz va shafqatsizlarcha ayblashdi, "Barselona"ni obro'sizlantirishga hamda uning imidjiga zarar yetkazishga urinishdi. Ammo ular tergovni qancha cho'zishmasin, bu hikoyani saqlab qolish uchun o'z so'zlarini qaytib olishlariga to'g'ri keladi.
Ular "Barselona"ni obro'sizlantirishga urinishmoqda va mening nazarimda, buni yomon niyat bilan qilishyapti. Ularning maqsadi futbolga zarar yetkazishdir.
Qayerga bormang, hamma joyda ularning barchaga qarshi chiqayotganini ko'rasiz. UEFA va Yevropa klublari assotsiatsiyasida (ECA) ham ular hamma bilan qarama-qarshi turishibdi. Bu milliy va xalqaro miqyosda o'z nufuzini, e'tirofini hamda ishonchini yo'qotayotgan klubning xatti-harakati. Ular nima qilayotganlarini keyinroq tushunib yetishadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!