Laporta: "Ko'pchilik raqobatchilarimiz investitsiya fondlariga tegishli aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, ortida butun boshli davlatlar yoki mintaqaviy hokimiyatlar turgan klublardir.
Ayrim raqobatchilarimizga [«Madrid»] esa, qiyin [moliyaviy] ahvolda qolishganida, yer uchastkalarining maqsadli vazifasini o'zgartirib berishadi... Ular esa hech narsa bo'lmagandek yashashda davom etishadi".
Qayd etish joiz, iyul oyida Madrid hokimiyati «Madrid»ning Valdebebasdagi mashg'ulot bazasi hududidagi yerlarning maqsadli vazifasini o'zgartirishni dastlabki tarzda ma'qulladi, bu esa klubga u yerda ofislar, mehmonxonalar, xususiy shifoxona va universitet qurish imkonini beradi.
Ayrim OAV ma'lumotlariga ko'ra, natijada "qaymoqranglilar" yerlarining qiymati taxminan 185.5 million yevroga oshishi mumkin. Biroq, mazkur loyiha hali yakuniy tasdiqni olishi kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!