❓El-Klasiko arafasida Mourinyu va "Real"ning hakamlik borasidagi shikoyatlari haqida nima deb o'ylaysiz? Bu o'yin oldidan vaziyatni qizdirmoqdami va ta'sir o'tkazishi mumkinmi?
🗣 Joan Laporta: "Men hozir bizni tashvishga solayotgan narsa haqida gapirmoqchiman — bu haqda murabbiyimiz ham aytib o'tdi — bo'lajak "Betis"ga qarshi o'yin haqida. Qolaversa, shuni aytishim kerakki, ular ajoyib jamoa va La Ligadagi eng kuchli hamda eng yaxshi jamoalardan biri, "Barsa" bilan bir qatorda — buni kekkayish deb qabul qilmang, bu futbol muxlisi sifatidagi mening fikrim. El-Klasikoga kelsak, u haqda gaplashishga hali vaqt bo'ladi. Ammo men haqiqatan ham aytmoqchi bo'lgan narsa shuki: xayriyatki, bizda La Liga prezidenti lavozimida Xavyer Tebas bor. U bunday masalalarda zarur tajribaga ega va "Madrid"ning La Ligaga qarshi uyushtirayotgan hujumlarini qaytarish uchun vazmin yondashuvga ega. Axir, quloq soling, go'yo ular hamma narsani barbod qilmoqchi bo'lgandek? Ular La Liganing, Hakamlar texnik qo'mitasining tagiga suv quyishmoqchi, ular Federatsiyadan norozi, umuman olganda, hech narsadan ko'ngillari to'lmaydi. Baxtimizga, La Liga prezidenti buni anglab yetgan, u minglab janglarda toblangan va shu ma'noda La Liga a'zosi bo'lgan klubga mutlaqo yarashmaydigan bu hujumlarga qarshi turish uchun zarur tajribaga ega. Ular La Ligada, Federatsiyada va hakamlar korpusida qilinayotgan barcha narsaga doimiy hujum qilish pozitsiyasini egallashgan. Ya'ni, men aytganimdek, ular minglab bahonalar izlashmoqda, chunki o'zlari tushib qolgan vaziyatni qabul qila olishmayapti. Axir bu ularning o'z qarorlari oqibati, ular o'zlariga tanqidiy nazar bilan qarab, ichki muammolarini hal qilishlari kerak edi. Buning o'rniga, ular qo'llaridan kelgan barcha narsani — La Ligada ham, Federatsiyada ham, hakamlikda ham barbod qilishga urinishmoqda. Takrorlayman, Xavyer Tebasning bu janglarda toblangani va bunday xatti-harakatlardan qo'rqmasligi — bizning baxtimiz..."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!