Laporta: "Mbappening 2024-yilda "Real Madrid"ga o'tishi? Men buni avval ham aytganman: bitta tovuqxonada bir nechta xo'roz bo'lishi mumkin emas. Bu hech qachon ish bermaydi! Futbolda ustuvorlik — bu jamoa va jamoaviy ruh. Agar bu bo'lmasa, loyiha muvaffaqiyatsizlikka mahkum.
"Ammo "Madrid"da o'yinchilarning individual sifatlari va shov-shuvli transferlarni afzal ko'rishdi. Menimcha, "Real Madrid" umumiy ishonchni yo'qotdi, shuning uchun endi klub har qanday yo'l bilan o'zini oqlashga urinib, "Negreyra ishi" haqida yolg'on tarqatmoqda, chunki ular ikki yildan beri hech narsa yutgani yo'q.
"Barselona" esa g'alaba qozonishda va barcha sovrinlar uchun kurashishda davom etmoqda"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!