🚨 Mutab Alhazza xabariga ko'ra, Joau Feliks Al Nassr'da qolishni istamoqda va klub rahbariyatiga shartnomasini uzaytirish istagi borligini ma'lum qilgan.
Al Nassr portugaliyalik hujumchi bilan to'rt yillik shartnoma imzolagan edi.
Klub dastlabki ikki yil uchun Chelsea'ga 30 million yevro to'lagan, qolgan ikki yil uchun esa 20 million yevrolik band mavjud.
Endilikda qaror Al Nassr rahbariyati qo'lida. Ular ushbu bandni faollashtirib, futbolchining klubdagi kelajagini ta'minlash uchun zarur mablag'ni ajratishlari mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!