Jose Mourinyu hakamlar qarori va muxlislar munosabati haqida:
Odamlar, shubhasiz, o'z jamoasi uchun qayg'urishadi, hissiyotlarga berilishadi. Agar rostini aytadigan bo'lsak, qoidalar shunchalik tez-tez o'zgarib bormoqdaki, mayda nuanslar shunchalik ko'payib ketdiki... Odamlar endi hammasi qanday ishlashini tushunmay qolishdi.
Chuameni epizodida penalti bo'lishi hech qanday holatda mumkin emas edi, chunki to'p o'yinchining tanasidan qaytgandi. Bu hech qachon penalti emas. Hakam penalti belgilaganida, men xotirjamlikni saqladim, chunki 60 metr masofadan epizodni ajrata olmasdim. Ammo keyin iPad'da takroriy lavhani ko'rdim va o'zimga shunday dedim: "Agar VAR uxlamayotgan bo'lsa, bu penalti emas".
Texnik nuqtai nazardan hakam juda yaxshi ishladi. Intizomiy tomondan ham: bunday qattiq, raqobatbardosh o'yinda bor-yo'g'i bir juft sariq kartochka. Men uchun penalti bo'lmagani mutlaqo aniq.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!