Jovanni Leoni bilan bog'liq yana bir noxush xabar: uning mashg'ulotlarga qaytishi navbatdagi xalqaro tanaffusga qadar, ya'ni 9-17 noyabr oralig'iga qoldirildi.
Uning tiklanish jarayoni biz kutganimizdan ko'proq vaqt talab qilmoqda. Jovanni aynan shu tanaffus vaqtida mashg'ulotlarga qaytishini rejalashtirgan edik, ammo yakunda maqsad keyingi tanaffusga surildi. Aytish mumkinki, biz bir oylik progressni yo'qotdik.
Gap shundaki, bu shunchaki xochsimon bog'lamlarning uzilishi emas, tizza atrofidagi butun soha jarohatlangan, asosiy jarohatga qo'shimcha ravishda ko'plab mayda jarohatlar ham bor. Shu bois biz uning qaytishida juda ehtiyotkor bo'lishimiz kerak, sog'lig'ini xavf ostiga qo'ya olmaymiz. U mashg'ulotlar va o'yinlarga qo'shilishidan avval 100 foiz tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishimiz shart.
Hozirgi reja uning navbatdagi xalqaro tanaffus vaqtida qaytishini ko'zda tutadi. Ha, biz kutgan va hisob-kitob qilganimizdan kechroq.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!