Joze Mourinyo: «Real Madrid»ga qaytish – uyga qaytish bilan barobar»
ZZoneRM ↗ ●●●●● Matbuot 👁 6

Joze Mourinyo: «Real Madrid»ga qaytish – uyga qaytish bilan barobar»

Joze Mourinyo klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida «Real Madrid»ga qaytishi haqida fikrlarini bildirdi.

«Real Madrid»ga qaytish xuddi uyga qaytishdek tuyulmoqda. Hozir men «Madrid» bosh murabbiyi lavozimiga birinchi marta tayinlanganimdagidan ham ko'ra ajoyibroq hislarni tuyyapman. Men sizlardan biriman, men madridistman. Klubdan ketganimdan keyin ham madridist bo'lib qolganman.

«Madrid»ning 2024-yildagi Chempionlar ligasidagi g'alabasidan keyin menda juda ajoyib xotiralar qolgan. O'yindan keyin «Madrid» muxlislari menga ko'rsatgan mehrni eslayman. Men haqiqatan ham sizlardan biriman».
«Real Madrid» – murabbiy uchun eng yaxshi professional imkoniyat. «Madrid» – murabbiylar va futbolchilar erisha oladigan cho'qqidir. Men «Real Madrid»ni sevaman».
«Men «Real Madrid»ga klub manfaati yo'lida ishlash uchun qaytdim. «Madrid»ning barcha vakillari shu qoidaga amal qilishini istayman. Valdebebasdagi klub qarorgohiga kelgan har bir inson biz «Madrid» uchun ishlayotganimizni his qilishini xohlayman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!