Joze Mourinyodan blits-so'rovnoma
Real Madrid CF ↗ ●●●●● Matbuot 👁 4

Joze Mourinyodan blits-so'rovnoma

🗣️ Joze Mourinyo uchun blits-so'rovnoma:

❓ To'liq ismingiz?

— Joze Mariu dush Santush Mourinyo Feliks.

❓ Agar sizga «Real Madrid» desam, nima deb javob berasiz?

— Yurak.

❓ O'zingizni murabbiy sifatida bir so'z bilan ta'riflang.

— Top.

❓ Sevimli taomingiz?

— Barcha portugaliyaliklar kabi «bakalyau» deya olmayman. Shu bois, menga juda yoqadigan vagyu steykini aytishim kerak.

❓ Sevimli san'atkoringiz yoki musiqachingiz?

— Brayan Adams deyishim kerak, chunki u nafaqat buyuk san'atkor, balki mening yaqin do'stim ham.

❓ Yashirin iste'dodingiz bormi?

— Yo'q.

❓ Agar jamoadoshingiz yoki futbolchingiz mamlakatingizga tashrif buyurishni istasa, ularni qayerga olib borgan bo'lardingiz?

— Kam odam biladigan plyajga.

❓ «Real Madrid» bosh murabbiyi sifatida ishlash qanday tuyg'u?

— Bu futbol murabbiyi ega bo'lishi mumkin bo'lgan eng buyuk sharaf.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!