Joze Mourinyu Netflix uchun bergan intervyusida «Barselona» va «Inter»dagi faoliyati haqida gapirdi:
«Barselona»ni boshqarishni qanchalik xohlaganman? «Inter»ni qanchalik xohlagan bo'lsam, shunchalik. Men shunchaki top-klubda ishlashni maqsad qilgandim, xolos. «Inter»dagi faoliyatimning boshlanishi qiyin kechgan, chunki tarkib yoshi katta futbolchilardan iborat edi va ularning ko'pchiligi og'ir shartnomalarga ega edi. Ular maydonga tushishmasa ham, o'zlarini jamoa uchun muhim ekanliklarini his qilishlari uchun harakat qilardim. Figu, Zanetti, Kordoba, Materatssi — jamoa faxriylari ajoyib insonlar edi. Ularda o'zlari sevgan klub bilan birgalikda orzularini ro'yobga chiqarish istagi hamon saqlanib qolgandi. Ularga bu orzuni amalga oshirishda yordam berish men uchun sharaf edi: bu juda ajoyib guruh edi.
Bizda aniq bir ssenariy bor edi: uni men yozardim, lekin maydonda ular harakat qilishardi. Biz yechimlarni birgalikda topardik — hammasi mukammal edi. Chempionlar ligasimi? Yevropada boshqacha yondashuv kerak: yanada yuqoriroq darajaga ko'tarilish zarur — eng katta sinov ham aynan shu. Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun barcha kerakli jihatlarga ega bo'lishing kerak, 2008/09 yilgi mavsumda esa bizda bu narsa yo'q edi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!