🎙 Joze Mourinyu «Real»ga qarshi va raqiblar foydasiga qabul qilingan hakamlik xatolari haqida:
To‘g‘risi, so‘nggi haftalarda sodir bo‘layotgan ishlar… bu yerda, ushbu stadionda «Osasuna»ning bekor qilingan goli — bu shunchaki kulgili. San-Sebastyandagi penalti — kulgili. «Barselona»ning penaltisi — kulgili. Bilbaoning «Atletik» jamoasiga qarshi o‘yindagi chetlatilmaslik holati, o‘sha juda xushmuomala janob bilan [ortiga ishora qilib, hakam Ortis Ariasni nazarda tutmoqda]… Bularning barchasi yig‘ilib qolmoqda.
Biz oldinga qarab ketmoqdamiz va kurashamiz. Hozir yigitlar xafa holda ketishmoqda, albatta. Ammo ular murabbiyining quchog‘i bilan ketishmoqda, chunki men ularning maydondagi his-tuyg‘ularini juda hurmat qilaman. Bunday sharoitda maydonda bo‘lish umuman oson emasligini juda hurmat qilaman.
Agar «Elche»ni eslasak — «Elche»ga qarshi ikkita chetlatish… Yana birinchi daqiqada Diomandega berilgan sariq kartochka… O‘yinchilarimiz maydonda boshdan kechirayotgan narsalar — bu normal holat emas. Ammo menga jamoam aynan jamoa sifatida yoqdi. Birinchi bo‘limda juda yoqdi, ikkinchi bo‘limda esa… shubhasiz, juda, juda, juda qiyin bo‘ldi. To‘pga egalik qilish, raqibda bitta o‘yinchi ko‘proq bo‘lganda yaxshi jamoaning to‘p nazoratini to‘xtatish juda qiyin. Ammo menga bizning qat’iyatimiz yoqdi. Va men uchun bu yaxshi his. O‘yinchilarimdan hafsalam pir bo‘lmagani va ularga e’tirozim yo‘qligi yaxshi.
Agar bizni tinch qo‘yishsa, xotirjam ishlashimizga imkon berishsa va barcha bilan teng sharoitda raqobatlashishimizga ruxsat berishsa, oldinda hali juda ko‘p o‘yinlar bor, juda ko‘p. Men juda uzoqqa borib, bularning barchasi oldindan tayyorlangan deb aytmoqchi emasman. Men bunday o‘ylashni istamayman. Men ular shunchaki xato qilishgan deb o‘ylashni istayman — xuddi murabbiy yoki o‘yinchi xato qilishi mumkin bo‘lganidek. Men Hakamlarni tayinlash qo‘mitasi shunchaki xato qilgan deb o‘ylashni istayman. (Pauza.) Bechoralar, ular xato qilishdi. Ular 41 yoshli, hech qachon bunday vaziyatda bo‘lmagan hakamni va «Real»ga qarshi o‘yinlarda juda boy va yumshoq qilib aytganda, juda e’tiborga molik tarixga ega bo‘lgan boshqa bir insonni tayinlashdi. Ular xato qilishdi. Hammasi shu.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!