Joze Mourinyu Netflix uchun bergan intervyusida «Inter»dagi faoliyati va klubdan ketish jarayoni haqida gapirib berdi:
«O'sha «Inter» aqlbovar qilmas darajada edi, yigitlar juda o'zgacha edi. Men hech qachon o'sha jamoa bilan ishlaganimdek zavq olmaganman. Ammo o'yindan keyin juda og'ir bo'ldi: men allaqachon ketishimni bilar edim.
Meni klubda, muxlislar va futbolchilar yaxshi ko'rishardi — bundan yaxshiroq joy bo'lishi mumkin emasdi. Lekin men turli mamlakatlarda g'alaba qozonishni va keyin ketishni xohlardim. Men «Real Madrid»ga o'tishni istaganman. Final oldidan kechqurun «Real» men bilan shartnoma imzolashni xohladi: ular g'alabadan keyin fikrimdan qaytishim mumkin deb o'ylashgan. Ammo hurmat yuzasidan rad javobini berdim.
Trebl men uchun hamma narsani anglatardi, lekin xayolimda bitta narsa bor edi — finalni yutish va ketish. Agar men futbolchilar bilan birga samolyotga o'tirib, muxlislar bilan birga stadionga bayram qilishga borganimda, qolib ketgan bo'lardim. Shuning uchun qochib ketishimga to'g'ri keldi.
Men Madridda qolishga qaror qildim va Milanga qaytmadim — buni shunchaki qila olmasdim. Men o'sha his-tuyg'ulardan qochdim: ishim yakuniga yetgan edi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!