🗣️ Joze Mourinyu Netflix'dagi hujjatli filmida shunday dedi:
«Real»dan ketganimda, ser Aleksdan keyin «Manchester Yunayted»ni boshqarishga rozi bo'lgandim. Bu menga albatta juda yoqimli edi, chunki «MYU» o'ziga juda tortadi.
«Real» dunyodagi eng buyuk klub deb aytganimda, «Manchester Yunayted» unga juda yaqin turishini ta'kidlash kerak.
Ammo futbolni sevish boshqa, aniq bir jamoani sevish esa butunlay boshqa narsa. O'ylaymanki, bu muhabbat hatto o'yinning o'ziga bo'lgan sevgidan ham kuchliroq. Rostini aytsam, «Real»dan keyin menga shunchaki meni yaxshi ko'rishlarini his qilish kerak edi.
Ser Aleks Fergyusonning vorisi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy berish qiyin edi, lekin men hech narsadan afsuslanmayman. Bu qarorni yuragim bilan qabul qilgandim».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!