Juliano Simeone o'zining IG sahifasida:
Men sening o'yiningni tomosha qilganman va bir kun kelib sen bilan birga maydonga tushishni orzu qilganman.
Hayot menga tasavvur qilganimdan ham ko'proq narsani berdi: milliy terma jamoa libosini kiyish, sen bilan kiyinish xonasini bo'lishish va birga jahon chempionatida ishtirok etish.
Barchasi uchun rahmat, Leo! Sen mamlakatimiz uchun qilgan ishlaring, bizni his qilishga majbur etgan tuyg'ularing hamda bolaligimizdan beri ko'pchiligimiz uchun ilhom manbai bo'lganing uchun tashakkur.
Bugun barchamiz qoyil qoladigan futbolchi milliy terma jamoa bilan xayrlashmoqda. Ammo bolaligimizda muxlislik qilgan va yonida bo'lish baxtiga muyassar bo'lgan kumirlar ham ketishmoqda.
Sen abadiysan, senga cheksiz minnatdorchilik bildiraman, Leo Messi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!