Jurnalistlar Mourinyuning yangi qiyofasiga shubha bilan qarashmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 14

Jurnalistlar Mourinyuning yangi qiyofasiga shubha bilan qarashmoqda

📻 Meana (Cadena SER jurnalisti): "Men "yangi, o'zgargan Mourinyu" haqidagi hikoya butunlay to'qima demoqchi emasman. Ammo uning "Madrid"dagi ilk faoliyatida hammasi xuddi shunday boshlangandi.

Eslatib o'taman, 2011 yilda Mourinyu hatto Valdebebasda o'z shtabi va jurnalistlar o'rtasida o'rtoqlik o'yini tashkil qilgandi. U "Real Madrid"ni birinchi marta hozirgidek [tinch va do'stona] kayfiyat bilan boshqargandi. Lekin keyin hammasi o'zgardi.

Uning jurnalistlar bilan mojarolari juda tez boshlangandi. O'shanda uning atrofidagi muhit ham boshqacha edi, o'zi ham OAVga qarshi chiqishni juda tez boshlagandi"

📻 Karreno (Cadena SER jurnalisti): "O'ylaymanki, Mourinyu "Madrid" g'alaba qozonayotgan ekan, o'zini shunday yoqimli tutadi. Jamoa yutqaza boshlagach, u bunchalik xushmuomala bo'lmaydi.

Har holda, biz [jurnalistlar] Mourinyuning xarakteri o'zgarganidan nimadir yutdik, chunki ilgari g'alaba qozonganda ham u qo'pol edi, mag'lubiyatlarda esa yanada qo'pollashib ketardi"

📻 Kastanyo (Cope jurnalisti): "Mourinyuning "yangi versiyasi" uning muxlislariga yoqmayapti degan his bor"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!